Moskva shimoli-sharqida chiqindi konteynerini yoqib yuborgan erkakning xatti-harakatlari tufayli konteyner yaqinida uxlayotgan uysiz kishi tiriklayin yonib ketdi. Bu haqda “Moskva” axborot agentligi xabar bermoqda.
Hodisa 6-dekabr kuni Konstantinov ko‘chasidagi 11-uyning hovlisida yuz bergan. Gumonlanuvchi bir necha kundan so‘ng Moskva politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan. U 1986-yilda tug‘ilgan ishsiz fuqaro bo‘lib chiqdi.
Hozirda fuqaroga nisbatan ehtiyotsizlik tufayli inson o‘limiga sabab bo‘lish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.