Manchester derbisidagi mag‘lubiyatdan keyin matbuot anjumaniga tashrif buyurgan “Yunayted” ustozi Joze Mourinyo, chempionlik uchun raqobat yakuniga yetgani borasidagi savolga javob qaytardi.
Hakam Maykl Oliverga achindim. U butun uchrashuvni yaxshi olib bordi, biroq juda muhim joyda xatoga yo‘l qo‘ydi. Penalti natijaga ta’sir ko‘rsatib, hisob o‘yin yakuniga 20 daqiqa qolganidayoq 2:2 bo‘lishi mumkin edi. Biroq u yaqqol penaltini bermadi.Chempionlik uchun kurash tugadimi? Menimcha, ha. “Manchester Siti” juda yaxshi jamoa va ularda omad ham bor. Futbol xudolari ham “Siti”ni qo‘llashmoqda.
Joze Mourinyo, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi
Gvardiola jamoasini APLda Mourinyo boshqaruvidagi “ Manchester Yunayted” ham to‘xtata olmadi
Shu tariqa “Yunayted” o‘z arenasi “Old-Trafford”da 40 ta bellashuvdan buyon davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi. Qizig‘i, so‘nggi bor ham “qizil iblislar” shu arenada aynan “Manchester Siti”dan 1:2 hisobida yengilgandi.Biz bunday futbolni Angliyada ham o‘ynay olamiz. Odamlar esa “Barselona” o‘yin uslubi APLga o‘tmasligi haqida aytib o‘tishgandi. Ammo buning imkoni bor va biz uni amalga oshira oldik. Buni o‘tgan mavsumda ham bilgandim.Kechagi bellashuv Gvardiola va Mourinyo o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning yigirmanchisi bo‘lib tarixga kirdi. Shularning 9 tasida kataloniyalik murabbiyning qo‘li baland kelgan. Portugaliyalik Joze esa faqatgina 4 marta raqibini taslim qila olgan. Duranglar soni 7 ta.Hamma o‘zi istaganidek o‘ynay olgani uchun ham futbol shunchalik go‘zal. Men “Stemford Brij” va “Old Trafford”da shunday futbol o‘ynab, g‘olib chiqayotganimdan baxtliman. Oldinda esa hali ko‘p qiyinchiliklarimiz bor.
Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi
Izoh (0)