Moskvaning Zamoskvoretskiy sudida so‘nggi so‘z bilan chiqish qilgan Rossiya sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayev Suqrotdan iqtibos keltirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Ketish muhlati yetdi. Siz uchun yashash, men uchun o‘lim vaqti keldi”, — dedi sobiq vazir.
Shuningdek, Ulyukayev o‘zini aybdor sanashini bildirdi.
“Faqat prokurorlar zo‘r berib tiqishtirayotgan mantiqsiz ayblovlarda emas. Mamlakat uchun juda kam ish qilganimda aybdorman. Lavozimlarni egalladim, o‘zimni o‘tga-cho‘qqa urdim, sovg‘alar qildim. Meni kechiring, odamlar. Qolgan umrimni insonlarga yordam berishga bag‘ishlayman”, — izoh berdi Ulyukayev.
Izoh (0)