Genetiklarning xalqaro guruhi odamning hayot davomiyligi gendan ko‘ra ko‘p jihatdan atrofdagi muhitga bog‘liqligini aniqladi. Olimlar buni egizaklar genomining epigenetik tatrtibga solinishi yosh o‘tgan sari qanday o‘zgarishini tushuntirgan holda ma’lum qilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, DNKning metillashuvi odamning qarish omillaridan biri sanaladi. Bunda nukleotid davomiyligi o‘zgarmagan holda DNK molekulalarida o‘zgarishlar yuz beradi.
O‘z navbatida, bu mazkur jarayonni epigenetik tartibga solish jarayoniga o‘tkazishga imkon beradi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, yosh o‘tgan sari genomlarning metillashuv shakli o‘zgaradi. Avval shakl bevosita genlarga bog‘liq, deb hisoblanardi, biroq olimlar atrof-muhit bunga ko‘proq ta’sir ko‘rsatishini isbotladi.
Mutaxassislar tajribalarga o‘rtacha yoshi 69 ni tashkil qiluvchi 385 kishini jalb qilgan.
Shuningdek, olimlar sog‘lom ovqatlanish va jismoniy mashq qilish orqali hayot davomiyligini sezilarli darajada oshirish mumkinligini qayd etdi.
Izoh (0)