Rossiyalik investor Yuriy Milner, Facebook va Google asoschilari Mark Sukerberg hamda Sergey Brin tomonidan ta’sis etilgan nufuzli Breakthrough Prize ilmiy mukofoti laureatlari e’lon qilindi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Hujayralar biologiyasi, o‘simliklar fiziologiyasi, neyrodegenerativ kasalliklar, matematika va koinotshunoslik sohalaridagi tadqiqotchilar g‘olib bo‘ldi.
Tanlovning mukofot fondi — 3 million dollar.
Mukofotlardan biri koinot elektromagnit to‘lqinlar uchun shaffof bo‘lgan vaqtlardan beri (13,8 milliard yil avval) borliqni to‘ldirayotgan harorat nurlanishi xaritasini yaratgan 27 nafar fizikdan iborat jamoaga berildi.
Izoh (0)