NATO mamlakatlari Rossiya bilan munosabatlarini tiklashni imkonsiz deb hisoblaydi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Bu uchrashuv davomida mazkur masalani uzoq muhokama qildik. Rossiya bilan munosabatlar qanday bo‘lishi masalasini. NATO a’zolari o‘rtasidagi yakdil fikrga ko‘ra, bugun Rossiya bilan muloqotni normallashtirish imkonsiz”, — dedi u Bryusselda jurnalistlar bilan o‘tkazgan suhbatida.
Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya kengashi — NATO uchrashuvlari ba’zan o‘tkazib turiladi, ammo muntazam majlislarni tiklash haqida alyans hozircha o‘ylamayapti
Izoh (0)