• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Nasimovdan 500 so‘z: Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari axborot texnologiyalari asriga yetib kelmadi. Bu vaqtinchalikmi?

    Juma kuni do‘stim bilan suhbatlashganimda, u istiqomat qiladigan 122 xonadondan iborat uyda yashovchilarning kommunal xizmatlar to‘lovlaridan qarzi 13 891 857 so‘m 30 tiyinni tashkil qilishini aytdi. Uning uyi joylashgan tuman kambag‘al tuman emas, uy ham bechorahol emas, unda yashovchilar ham o‘ziga to‘q kishilar.

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Mamlakatda 2017-yilda 4000 dan ziyod xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari faoliyat yuritadi (2008-yilda — 4460 XUJMSh), ular 32400 dan ortiq ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatishadi (2008-yilda — 25961 uy). Bu millionga yaqin xonadon degani, ya’ni mamlakatning uch-to‘rt million fuqarosining hayoti XUJMSh bilan bevosita bog‘liq.

    Diqqat, endi savolga o‘tamiz: yuqorida aytilgan uy va yana boshqa 18 ta uyni birlashtirgan XUJMSh xonadon egalaridan qarzdorlikni undirishi uchun qanday vositalarga ega? Chunki shirkatlar tomlarni ta’mirlashi, yerto‘lalarni quritishi, uylar atrofini tozalagani uchun farroshlarga ish haqi to‘lashi, santexniklar, elektriklar, gaz xo‘jaligi xodimlari, liftyorlarga haq to‘lashi, kredit bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishi zarur.

    Umuman olganda, ushbu tizim qanday ishlaydi? Shunday savollar bilan ijtimoiy tarmoq o‘quvchilariga yuzlandim:

    Rimma S. ularni keskin tanqid ostiga oldi: “XUJMShdagi barcha — rahbaridan tortib oddiy xodimigacha o‘z ishini bilmaydigan, noloyiq odamlar”.Karen S. ham undan qolishmaydi: “Umrimda birorta ham insofli XUJMShni ko‘rmadim, qachon borsang bitta gapni aytishadi: “ertaga keling”.

    Balki Karenning bu borada omadi kelmagandir? Qayerdadir yaxshi ishlaydigan XUJMSh ham bordir. Men shunday deb o‘ylayman. Har holda shunga ishongim keladi.

    Kasbi buxgalter bo‘lgan Shoira T. ning fikr-mulohazalari anchagina asosli. U dugonasiga shirkatning qog‘ozlarini tartibga solishida yordam bergan va XUJMShda ishlaydiganlar bilan muloqot qilishiga to‘g‘ri kelgan, o‘z tajribalari asosida quyidagi taklif va mulohazalarini bildirgan:

    “Shirkat raislari – turli kasb egalari, ularning ko‘pchiligi uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalaridan uzoq odamlar, shu tufayli ular aksariyat hollarda muammoning mohiyatini tushunmaydilar.

    XUJMSh rahbariyati kredit olgan hollar ham tez-tez uchraydi, biroq kredit bo‘yicha hisobotlarda hech qanday shaffoflik yo‘q. Bu ham yetmaganidek, kreditlar shirkat a’zolari – shu uylarda yashovchilarning roziligisiz olinadi, ya’ni soxta yig‘ilish bayonnomalari tuziladi.

    Olingan kreditlar hisobiga bajarilgan ishlar odatda sifatsiz qilinadi, chunki ishni bajarish uchun hamma ishni, hattoki o‘zi bilmaydigan ishni ham qilishga tayyor, malakasiz mardikorlar yollanadi.

    Hozir Chilonzorda bunday vaziyatlar har qadamda uchraydi, chunki har bir kvartalda bir necha XUJMSh faoliyat yuritadi va hech kim hech narsaga javob bermaydi.

    Mayda, tarqoq XUJMShlardan voz kechish kerak va ularning negizida yirik kommunal xo‘jaliklar tuzib, ularga uy qanday tuzilgan, kommunikatsiya, elektr va isitish tizimi to‘g‘ri ishlashi uchun nima qilish kerakligini tushunadigan malakali muhandislarni ishga olish kerak.

    Shundoq ham arang turgan XUJMShlarni batamom xarob holga keltiradigan, ichishga mukkasidan ketganlarni emas, balki malakali slesar, santexnik, elektrik, farroshlarni ishga olish kerak.

    Anchagina asosli fikr, shunday emasmi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda ham XUJMSh to‘g‘risida bahs-munozaralar tugamaydi.

    Hattoki Facebook’da 10 mingdan ziyod odamni birlashtiruvchi “XUJMSh va ular bilan qanday yashash mumkin? (O‘zbekiston)” deb nomlangan guruh ham bor.

    Saytlar ham bu mavzuda butunlay qarama-qarshi fikrlarni bayon qiluvchi maqolalarga to‘la. Buning hayron qolarli joyi yo‘q. Bizning uyimiz – bu bizning qo‘rg‘onimiz. Qo‘rg‘on esa – tomi teshik, yerto‘lasi suvga to‘la, lifti ishlamaydigan, suv, elektr ta’minoti, isitish tizimida muammolar, uy oldi va atrofi betartib bo‘lsa-chi? Buning ustiga qarorlar qabul qilishda shaffoflik umuman bo‘lmasa-chi?

    “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da millionlab fuqarolar uchun o‘ta muhim bo‘lgan ijtimoiy institutning shaffof bo‘lmasligi esa ajablanarli. Kompyuter texnologiyalari asrida, telefon yordamida dunyoning istalgan nuqtasidan istagan narsamizni xarid qilib va sayyoramizning boshqa tarafida nimalar bo‘layotganini ko‘rib turgan bir paytda, ajabki, ko‘pincha o‘zimiz yashab turgan uyda nimalar bo‘layotganini bilmaymiz.

    XUJMShda muammolar talaygina, biroq ulardan eng ko‘p tilga olinayotgani – shirkatlarning o‘z a’zolari oldida hisobot bermasligi va shaffof emasligi. Ko‘p hollarda odamlar shirkatning hisob raqamida qancha pul bor, aynan nima uchun va qancha pul to‘lanayotganligini bilmaydilar. Shirkatning har bir a’zosi uchun shaxsiy kabinet bo‘lgan dasturlar, axborot tizimlari kerak.

    XUJMSh xizmatlari iste’molchisi, xonadon egalari quyidagilarni ko‘rib turishi kerak:

    — o‘z hisob raqamini: balans, oylarga bo‘lingan holda to‘lanishi kerak bo‘lgan summa, to‘lovlar, penya va h.k.— butun uy bo‘yicha axborot, uyning umumiy qarzdorligi (va albatta! tarbiyaviy chora sifatida uydagi qarzdorlarning batafsil ro‘yxati), tarif rejalari;— XUJMSh bo‘yicha axborot: muloqot uchun telefon raqamlari, rahbariyat ismi sharifi, santexnik, elektriklarni chaqirish uchun telefon raqamlari, nima uchun va qancha pul to‘layotganimiz (hududni tozalash, mutaxassislar xizmati, kredit, lift va h.k.lar uchun to‘lovlar);— barcha yangiliklar va e’lonlar: xavfsizlik choralari, yig‘ilishlar, deputatlar, hokimiyat xodimlari bilan uchrashuvlar, uy hayvonlarini emlash, daraxtlarni kesish, asfalt yotqizish va h.k;— videokameralar onlayn – rejimda ishlashi zarur: bolalar maydonchasida, mashinalar turish joyida va h.k.larda nimalar bo‘layotgani ko‘rinib turishi kerak.

    Bunday tizim mamlakatning barcha 4000 XUJMShni birlashtirishi kerak.

    Bu fantastika emas. XXI asrda yashayapmiz axir. Bu men shu saytda yozgan “Aqlli shahar” yagona axborot tizimining tarkibiy qismlaridan biri bo‘ladi, xolos.

    “Aqlli shahar” — uning aholisi uchun xavfsiz va qulay, mehmonlar uchun esa xushmuomala va shinam shahar bo‘lishi lozim.

    Baxtiyor Nasimov

    “Daryo” sharhlovchisi

    04.12.2017, 18:10   Izoh (0)   19146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.