Ko‘plab buyuk investorlar, ishbilarmonlar va aktyorlar o‘z misolida tejamkorlik boylikning asosiy siri ekanligini isbotlagan. Insider oddiy hayot kechiradigan milliarderlardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
Uorren Baffet
Boyligi 75 milliard dollar bo‘lgan ishbilarmon dunyoning eng boy 10 ta odami ro‘yxatidan joy olgan. Shunga qaramay, u juda oddiy hayot kechiradi. Masalan, u hali ham 50 yil avval sotib olingan uyida yashaydi.Mark Sukerberg
Boy odamning odatiga o‘xshamasa ham, Facebook asoschisi ishga 30 ming dollar turadigan Acura avtomobilida boradi. Uning boyligi 73 milliard dollardan ortiq, deb baholanadi.Sara Jessika Parker
Mashhurligi va boyligiga qaramasdan, Parker oddiy hayot kechirishda davom etmoqda va bu odatni bolalariga ham o‘rgatmoqda. Masalan, u o‘z o‘g‘liga shu vaqtgacha jiyani kiygan kiyimlarni kiydiradi.Deyv Grol
Nirvana barabanchisi va Foo Fighters solisti bo‘lgani unga 280 million dollar keltirgan. Shunday bo‘lsa ham, u hatto o‘rta ma’lumoti yo‘qligi sababli pullarini sarflashdan va hammasini qaytadan boshlashga majbur bo‘lishdan qo‘rqadi.Sara Mishel Gellar
Mashhur yulduz har doim arzonlashtirilgan narxlardagi mahsulotlarni sotib oladi va xarid qilish uchun borganda o‘zi bilan paket olib boradi.Ingvar Kamprad
IKEA asoschisi samolyotning oddiy chiptasini xarid qiladi va oddiy Volvo haydaydi.Mishel Obama
AQShning sobiq birinchi xonimi Oq uyga kelganida o‘z hisobidan kiyim sotib olgan. Obama o‘zi uchun xarid qilmoqchi bo‘lganida chegirmali do‘konlarga murojaat qiladi.Mark Kyuban
U 20 yoshdan oshgan vaqtda ijara haqini tejash uchun ko‘pchilik bilan yashagan va ko‘pincha, divanda yoki polda uxlashga majbur bo‘lgan.Eshton Katcher va Mila Kunis
Katcher va Kunis Gollivuddagi eng boy va mashhur oilalardan biri sanaladi. Ular o‘z farzandlarini kamtarlikda o‘stirmoqda. Katcher va Kunis ota-onasidan nevaralariga Rojdestvoda bittadan ortiq sovg‘a bermaslikni so‘raydi.Keyt Middlton
Angliyaning bo‘lajak qirolichasi turli qabullarga bir xil kiyimda borishi ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Bu qirollik oilasi a’zolari uchun noodatiy hol.Tim Kuk
Apple’ning bosh direktori o‘zining kelib chiqishi bilan bog‘liq xotiralarni qadrlaydi va kamtar muhit unga bu xotirani saqlashda yordam beradi.
Izoh (0)