Buyuk Britaniyada beysjamper jarohat olgan do‘stiga yordam berish uchun qoyadan sakradi. Bu haqda Sputnik International xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa 2-dekabr, shanba kuni yuz berdi. Beysjamperlardan biri Sharqiy Sasseks grafligidagi qoyadan sakray turib, kerakli joyga tusha olmadi va toshlar ustiga quladi. Qo‘shimcha vazifasi sanitarlik bo‘lgan uning do‘sti o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va izidan sakradi.
U jarohat olgan o‘rtog‘i yoniga muvaffaqiyatli tushishga erishdi va qutqaruvchilar vertolyotda yetib kelgunga qadar unga birinchi yordam ko‘rsatdi. Ular jabrlangan beysjamperni shifoxonaga yetkazdi, u yerda shifokorlar son sinishi tashxisini qo‘ydi.
Beysjamping sportning eng xavfli turlaridan biri hisoblanadi — ekstremallar belgilangan obyektlardan maxsus parashyut yordamida sakrashlarni amalga oshiradi. Tajribali sportchilar sakraydigan obyektning minimal balandligi 50 metr, maksimali esa kilometrdan oshadi.
Izoh (0)