AQShning Perlend shahridagi (Texas shtati) maktab muallimasi 6 yoshli musulmon o‘quvchi sabab politsiyani chaqirdi va uni “terrorchi” deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.
O‘quvchi Muhammad Sulaymonning otasiga ko‘ra, bola Daun sindromiga mubtalo — aqliy jihatdan oqsaydi, gapirolmaydi va doimiy e’tiborga muhtoj.
Fox 26 telekanalining bildirishicha, ayol politsiyani chaqirib, o‘quvchi go‘yoki “bum” deganini yetkazgan.
“Bu yolg‘on, u umuman gapirmaydi. O‘qituvchi uni ‘terrorchi’ deb atadi. Bu g‘irt ahmoqlik, tahqirlashdan bo‘lak narsa emas”, — dedi bolaning otasi.
Muallimaning arzi tekshiruvga sabab bo‘ldi. Perlend politsiyasi mazkur bahsga aralashishni zarur deb hisoblamadi, biroq hali ish yopilgani yo‘q.
Izoh (0)