Yevrokomissiya Ukrainaga mo‘ljallangan moddiy yordam doirasidagi uchinchi transhni o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uchinchi transh miqdori 600 million yevroni tashkil etishi lozim edi.
Yevrokomissiyaning bu boradagi rasmiy bayonotida aytilishicha, 2018-yilda Ukrainani makromoliyalashtirishni davom ettirish uchun mamlakatda islohotlar jarayoni qaytadan jonlanishi lozim. Ayni paytdagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar esa Yevrokomissiyani to‘xtab turishga majbur qilmoqda.
2014-yildan buyon Yevroittifoq Ukrainaga 12,8 milliard yevro miqdorida moddiy yordam ko‘rsatdi.
Izoh (0)