O‘zbekistonda turli tashkilot va korxonalar xodimlarining ish vaqti va ta’tili davomidagi buxgalteriya hisobotlari takomillashtiriladi. Jumladan, 2018-yilning 1-yanvaridan budjetdan tashqari pensiya fondiga yagona sotsial to‘lov va sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha soliq hisobotiga yangi ilova kiritiladi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
Unda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:
- jismoniy shaxsning asosiy mansablar klassifikatori bo‘yicha mansabi;
- mehnat ta’tili yoki ish joyida bo‘lmaslikning boshqa shakli boshlangan va tugagan sana;
- mehnat faoliyati boshlangan va tugagan sana.
Izoh (0)