28-noyabr kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri odam immunodefitsiti virusi (OIV) tibbiy guvohligi tartibiga o‘zgartishlar kiritdi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
O‘zgartishga binoan, OIV tekshiruviga majburiy jalb etiladigan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi hamda tergovoldi tekshiruvini o‘tkazadigan organ mansabdor shaxsiga bunday qaror qabul qilish vakolati berildi.
“Tekshirilayotgan shaxs uchun OIVga majburiy tibbiy guvohlik uning roziligisiz yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz tergovoldi tekshiruvi o‘tkazuvchi organ mansabdori, tergovchi, prokuror qaroriga binoan yoki sud hukmiga binoan qonunda o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi”, — deyiladi hujjatda.
Izoh (0)