Xitoy Xalq ozodlik armiyasi sapyorlari Vyetnam Sotsialistik Respublikasi bilan chegaradagi mina dalalarini uzil-kesil yo‘q qilishga kirishdi. Bu haqda 28-noyabr, seshanba kuni XXR mudofaa vazirligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
“Yaqin yilda Xitoyning Guansi provinsiyasi va Vyetnam orasidagi chegara qismida hamon minalashtirilgan joylarni aniqlash uchun ommaviy tekshirish o‘tkazish rejalashtirilmoqda, — deyiladi boshqarma saytida. — Biz qolgan minalarni to‘liq yo‘q qilishni rejalashtirmoqdamiz”.
Bu kabi faoliyat ikki mamlakat o‘rtasidagi transchegaraviy aloqalarini soddalashtirish, hududga tutash tumanlar aholisi xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.
Izoh (0)