Qutqaruvchilar Tel-Avivning janubiy chekkasidagi portlash oqibatida buzilgan bino vayronalaridan 4 kishining jasadini topdi. Bu haqda Isroil televideniyesi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Politsiyaga ko‘ra, Yaffadagi bir qavatli imoratda qurilish materiallari va xo‘jalik buyumlari do‘koni joylashgandi.
“Yaffaning Yefet ko‘chasidagi qisman vayron bo‘lgan binoda 4 ta jasad topildi. Oldinroq hodisa joyidan 5 nafar jabrlanuvchi, jumladan, og‘ir holatdagi erkak evakuatsiya qilingandi”, — deyiladi Isroil Ikkinchi kanali xabarida.
Rasmiylar portlash sabablariga hozircha izoh bermadi.
Izoh (0)