Rossiyaning Su-30 qiruvchisi 25-noyabr, shanba kuni Qora dengiz osmonida AQShning P-8 Poseidon patrul samolyotini to‘xtatib qolgan. Bu haqda CNN AQSh mudofaa vazirligi vakili Mishel Baldanzuga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
“AQSh samolyoti xalqaro havo hududida harakatlanib, Rossiya qiruvchisi ekipajini gij-gijlaydigan hech narsa qilmagan edi”, — dedi Pentagon rasmiy vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni bunday to‘xtatib qolishni xavfsiz emas deb hisoblaydi, chunki Su-30 P-8 Poseidon’ning naq qarshisidan uchib o‘tgan, natijada u “juda kuchli turbulentlik”ka olib kelgan keskin manyovrni amalga oshirishga majbur qolgan. Su-30 ning “xavfsiz bo‘lmagan harakatlari” ikkala samolyot ekipajlari a’zolarining “jiddiy shikastlanishlari”ga sabab bo‘lishi mumkin edi, dedi Baldanza.
Izoh (0)