27-noyabr kuni internetda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida avval ko‘rsatilmagan videoyozuv tarqaldi. Prezident so‘zga chiqqan bu yig‘ilish 22-iyun kuni Farg‘ona shahrida, viloyat faollari ishtirokida bo‘lib o‘tgan.

Prezident o‘z so‘zida viloyat prokuratura tizimi, ichki ishlar va soliq idoralaridagi ba’zi xodimlar ish joyida aroq ichib, ayollar bilan ishrat qilgani uchun tushuntirish xati yozib bergani, biroq hukumat bunday odamlar bilan ishlay olmasligini gapirib o‘tgan.

Ko‘p odamlar — prokuror, militsiya vakillari, soliqchilar noinsofligi uchun, poraxo‘rligi uchun, ish joyida aroq ichgani, davlatning formasini kiyib, ayollar bilan har xil ishlar qilgani uchun tushuntirish xati yozib bergan. Hammasi menga ayon. Kerak bo‘lsa, o‘qib ham beraman...

Menda hamma ma’lumot bor. Ketganimdan keyin, Bosh prokuratura, Soliq qo‘mitasi va IIV rahbari kelib, odamlarni ishdan oladi. Biz bunday odamlar bilan ishlolmaymiz... Agar poraxo‘r bo‘lmasak, xalq bizni boqib oladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti