O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan faollar yig‘ilishidan avval e’lon qilinmagan navbatdagi videoparcha e’lon qilindi.

Oktabr oyi oxirida ushbu yig‘ilishdan davomiyligi 10 daqiqa yetmaydigan videoparcha e’lon qilingan, unda Prezident soliqchilarga murojaat qilib, ularni tanqid qilayotganini ko‘rish mumkin edi.

Salkam 36 daqiqalik yangi videoparchada Prezident Shavkat Mirziyoyev moliya tizimi vakillarini ayovsiz tanqid qilayotganini, xalq nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlaridan charchaganini ta’kidlayotgani aks etgan.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston sobiq bosh prokurorini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev hukumatning moliyaviy-iqtisodiy kompleksi sobiq rahbarini tanqid qildi

Prezident Farg‘onada ishratga berilgan huquq-tartibot organlari xodimlari haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev — Farg‘onadagi ishsizlarning rasmiy va norasmiy statistikasi haqida

Shavkat Mirziyoyev — prokurorlarga: Odamlar tekshir-tekshirlaringdan charchagan

Bundan tashqari, Prezident o‘z chiqishi davomida mas’ullarga Farg‘ona viloyatida ipakchilik, hunarmandchilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar ham bergan.

Bu videoparcha avval televideniye orqali ko‘rsatilmagan; u kim tomonidan internetga chiqarib yuborilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Videoda Telegram’dagi @ideyauz kanali yorlig‘i aylanib yuradi.