Samsung o‘zining yangi Galaxy S9 va S9 Plus flagmanlarini yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan CES ko‘rgazmasida taqdim etish niyatida. Bu haqda kompaniyadagi manbasiga tayanib, Hi-Tech Mail.Ru xabar berdi.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Galaxy S9 va S9 Plus flagmanlari ekranining o‘lchami o‘zidan oldingi ajdodiniki kabi bo‘ladi.

Mish-mishlarga ko‘ra, ancha yirikroq modeldan ikkita asosiy kamera va kattaroq tezkor xotira o‘rin oladi. “Oddiy” S9’ga 4 gigabayt, S9 Plus’ga esa 6 gigabayt tezkor xotira o‘rnatiladi. Samsung shu orqali Apple kompaniyasi o‘zining so‘nggi smartfonlarida ishlatgan usulga taqlid qilmoqda.

Asosiy kamera va barmoq izi skaneri datchigi bu safar vertikal joylashtirildi — kompaniya foydalanuvchilarning Galaxy S8 komponovkasiga bog‘liq shikoyatlarini e’tiborga olgan. Shuningdek, birinchi bor S9’da AKG stereodinamikasi paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari yangi qurilmaga 10 nanometrli chipsetlar o‘rnatilishi mumkin: Qualcomm Snapdragon 845 yoki Exynos. Smartfonlarning ichki xotirasi 64 gigabaytga ega.