Tbilisida terrorchilik tashkilotlari bilan aloqadorligi taxmin qilinayotgan ikki chet ellikni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazilmoqda. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Gumonlanuvchilar binoga yashirinib, maxsus topshiriqli bo‘linma kuchlariga qarata o‘t ochgan. “Interpressnyus” agentligining ma’lum qilishicha, operatsiya o‘tkazilish joyidan otishma va portlash ovozlarini eshitish mumkin.
Shuningdek, operatsiya o‘tkazilayotgan turar-joy aholisi evakuatsiya qilinganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)