Niderlandiya dizayn akademiyasining bitiruvchisi Elis Bleyton Dutch Design Week haftaligida o‘zining Monade Capsule nomli loyihasini taqdim etdi. Loyiha atrofdagi muhitdan siqilgan kishilar uchun dam olish kabinasi hisoblanadi. TJournal mazkur kabina suratlarini taqdim etdi.
Kabinani bino tomiga joylashtirish va shu orqali ko‘chaga yangicha urbanistik ko‘rinish berish mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Bleyton ekstremal sharoitlarda yashash uchun mo‘ljallangan bunkerlar, suvosti kemalaridan ilhomlangan. Har bir kapsulaning asosiy materiali plastik oyna hisoblanadi.
Kabina bir vaqtning o‘zida bino fasadi va tomiga mahkamlanadi. Muallifning o‘ylashicha, kabina besh kishini ko‘tara oladi.
Izoh (0)