Kosonsoy tumanida yashovchi xususiy tadbirkor D. Ahmadxon ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Arizachi 2015-yil dekabr oyida tanishi, Namangan shahrida yashovchi xususiy tadbirkor S. Murodbek ishonchiga kirib, bir oy muddat ichida qaytarib berish sharti bilan 75 ming dollar olgani, biroq hozirgacha bermay kelayotganligini bildirib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Holat bo‘yicha tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan 15-noyabr kuni JKning 168-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S. Murodbek tilxat orqali ochiqda qoldirildi.
Izoh (0)