Darg‘azab olomondan qochayotgan fil va uning bolasi aks etgan fotosurat Sanctuary Asia jurnalining yovvoyi tabiat fotosuratlari tanlovida bu yil bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deb yozadi Travel Ask.
“Jahannam shu yerda” deb nomlanuvchi suratni Biplab Xazra G‘arbiy Bengaliyadagi Bankura tumanida olgan. Bu yerda ancha vaqtlardan buyon odamlar va jonivorlar o‘rtasida jiddiy ixtilof bormoqda: qishloq aholisi fillar to‘dasini quvib yuborish maqsadida olovli sharlardan foydalanadi, suratda fillarning alanga ichida qolgani aynan shu tufaylidir.
Nashr fototanlovda yutib chiqqan boshqa suratlarni ham keltirib o‘tdi.
Izoh (0)