16-noyabr kuni SpaceX kompaniyasi Yer orbitasiga sirli yukni olib chiqishni rejalashtirmoqda, u haqdagi axborot maxfiy tutilmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Operatsiyaga “Zuma” nomi berildi.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

11-noyabr kuni aerokosmik korporatsiya missiyaga 15-noyabrda start berish niyati bilan Falcon 9 raketasi sinovini o‘tkazdi. Keyinroq noma’lum sabablarga ko‘ra, u bir kunga kechiktirildi, u yana qoldirilishi mumkin, biroq “Zuma” 30-noyabrdan kechikmasdan uchirilishi kerak. Nima uchun parvoz aynan shu sanagacha amalga oshirilishi zarurligi — missiya bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar kabi jumboq bo‘lib qolmoqda.

Shunisi ma’lumki, Falcon 9 eltuvchi raketasi orbitaga AQSh hukumati uchun Northrop Grumman texnologiyalarni himoya qilish kompaniyasi tomonidan buyurtma qilingan foydali yukni yetkazadi. Jurnalistlar yuk nimadan iborat ekanligini aniqlashga uringanida, ularga bu axborot maxfiy ekanligini aytishgan.