Alyaskada favqulodda vaziyatlarni rejalashtirish qo‘mitasi a’zosi Jeremi Zidek mahalliy aholi vakillarini Shimoliy Koreya yadroviy zarbalariga tayyor turishni, xususan, radiatsiyaga qarshi dorilar zaxirasini to‘ldirib qo‘yishni tavsiya qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shuningdek, Zidek uyda suv to‘plab qo‘yish, chiroq va radio tayyorlashni tavsiya etdi.
“Biz odamlarga maslahat berayotgan narsa ular har qanday boshqa halokat chog‘ida ham qiladigan ishlar”, — dedi qo‘mita a’zosi.
Uning so‘zlariga qaraganda, yadroviy hujum chog‘ida evakuatsiyaga vaqt yetmasligi mumkin, shu bois “eng yaxshi maqsad — yashirinib, hujum tugashini kutish”.
Yaqinda Alyaskadagi Fort Grilida Shimoliy Koreya va Eron raketalarini tutib qolishga qaratilgan yer raketalari joylashtirilishi tugallandi.
Izoh (0)