Xitoy rahbari Si Szinpinning maxsus vakili, mamlakat kommunistlar partiyasi xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sun Tao 17-noyabr, juma kuni Shimoliy Koreyaga yo‘l oladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xitoy markaziy televideniyesiga ko‘ra, u “KXDRni shu yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan Xitoy kommunistlar partiyasining XIX syezdi yakunlari haqida xabardor qiladi”.
Tashrifning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
XKP xalqaro aloqalar bo‘limi oldinlari boshqa mamlakatlardagi kommunistlar partiyalari bilan munosabatlar uchun javob berardi. Bugungi kunga kelib o‘z vazifalari doirasini kengaytirdi va butun dunyo bo‘ylab ham hukmron, ham muxolifat siyosiy harakatlar bilan aloqa qilmoqda.
Izoh (0)