Rossiyaning Rostov viloyatida “Gazel” mikroavtobusi va “KamAZ” yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
Hodisa 14-noyabr kuni tunda yuz bergan. Uning oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.
“Bugun tunda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Krasnodar—Rostov yo‘lining 1114-kilometrida ‘Gazel’ mikroavtobusi yo‘l chetida turgan ‘KamAZ’ yuk mashinasiga borib urilgan. YTH oqibatida besh kishi halok bo‘lgan. Ularning orasida ikki nafar voyaga yetmagan o‘smir bor. Shuningdek, yana olti kishi jarohatlangan”, — deyiladi xabarda.
Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)