AQSh sobiq mudofaa vaziri Uilyam Perri Politico nashriga bergan intervyusida Pentagonning hozirgi rahbari Jeyms Mettis mamlakat prezidenti Donald Trampni yadro zarbasi berishdan to‘xtatib qola olmasligini aytdi, deb yozadi “TASS”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa vazirida yadro zarbasini berishga veto qo‘yish huquqi yo‘q, bunday qarorni faqat prezident qabul qiladi.
“Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘mondonlikka buyruq beradi, bu haqda mudofaa vazirini xabardor qilish umuman majburiy emas. Yadro zarbasi haqida qaror qabul qilinadigan besh, olti, yetti daqiqa ichida mudofaa vaziri kechi bo‘lmasidan turib, nima bo‘layotganidan xabar ham topmaydi”, — dedi Perri.
Pentagon sobiq rahbari qo‘shimcha qilishicha, bu masalada mudofaa vaziri faqat maslahat berish vakolatiga ega. “Bunga qisman Trampning prezident bo‘lgani sababchidir”, — deya xulosa qildi u.
Izoh (0)