“Boyqo‘ng‘ir” majmuasining 12 ming gektarga yaqin hududi Rossiya ijarasidan chiqarildi va Qizilo‘rda viloyatiga berildi. Majmuani ijaraga berish shartnomasiga tegishli o‘zgartirishlar XIV Rossiya va Qozog‘iston hududlararo hamkorligi forumida imzolandi, deb yozadi “TASS”.
Protokolni “Roskosmos” davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Aleksandr Ivanov va Qozog‘iston qishloq xo‘jalik vaziri birinchi o‘rinbosari Kayrat Aytuganov imzoladi.
Hujjatga muvofiq, Akay va Toretam qishloqlari yaqinidagi 11,6 ming gektar yer Rossiya ijarasidan chiqarilib, unda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yanada rivojlantirish uchun Qizilo‘rda viloyatiga berildi.
Shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida “Boyqo‘ng‘ir” majmuasida ishlab, Akay va Toretam qishloqlarida ishlaydigan qozog‘istonliklarga tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirishni ko‘zda tutuvchi protokol imzolandi.
Izoh (0)