Eron—Iroq chegarasida yuz bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 370 kishidan oshdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Press TV telekanali axborotiga ko‘ra, qurbonlarning asosiy qismi Erondan. Mamlakatda zilzila oqibatida 2,5 mingdan ziyod kishi jabrlangan. Eronning Kirmonshoh viloyatida uch kunlik motam e’lon qilingan.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Ichki ishlar vazirligiga zarar ko‘rgan hududlar aholisini barcha zarur narsalar bilan ta’minlash haqida ko‘rsatma bergan. Shuningdek, u tabiiy ofat oqibatlarini muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan.
Zilzila Bag‘doddan 204 kilometr shimoli-sharqda, Eronning Kirmonshoh shahridan esa 104 kilometr g‘arbda yuz bergan. Yerosti silkinishlari o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila magnitudasi epitsentrda 7,3 ni tashkil etgan.
Izoh (0)