Germaniya Fransiya va Buyuk Britaniya bilan Eron yadro dasturi masalasida AQSh bilan muloqotga yondashuvni muvofiqlashtirish niyatida. Bu haqda Yevroittifoq TIV rahbarlari uchrashuvi arafasida Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz fransuz va britaniyalik hamkasblar, shuningdek, Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bilan mavjud kelishuvni saqlab qolish uchun AQSh bilan qanday muloqotga kirishishni muhokama qilamiz”, — dedi Zigmar Gabriel.
“Shu bilan birga, Eronning mintaqadagi roli mavzusi ham yana kun tartibida bo‘ladi”, — deb qo‘shimcha qildi vazir.
Izoh (0)