Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida mashina olib berishni va’da qilib, odamlarni aldagan firibgar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.
Aytilishicha, tumanda yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan Shodibek Xoshimov tanishi, uy bekasi, 1965-yilda tug‘ilgan Sayyora Eraliyevani “Matiz olib beraman” deb aldab, undan 24 million so‘m pulni olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.
Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Izoh (0)