AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin AQShdagi prezident sayloviga aralashgani haqidagi ayblovlarni haqorat deb bilishini aytdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Men ko‘rganimda u har doim ‘Buni qilmaganman’ deydi. U shuni nazarda tutganiga ishonaman, rostan ishonaman… O‘ylashimcha, bu narsadan u o‘zini haqoratlangan sezadi, va bu bizning mamlakatimiz uchun yaxshi emas”, — dedi Tramp, Vyetnamda o‘tayotgan Osiyo – Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammiti chog‘ida jurnalistlar bilan muloqot qilarkan.
Uning qo‘shimcha qilib aytishicha, behuda bahslashgandan ko‘ra Rossiya bilan Suriya va Ukraina masalasida yanada yaqinroq ishlash lozim.
“U aralashmaganman dedi. Undan qayta so‘radim. Cheksiz so‘rayverish mumkin emas”, — uning so‘zlarini keltiradi CNN.
Putinning o‘zi Vyetnamda Tramp bilan o‘tkazgan uchrashuviga izoh berarkan, AQSh yetakchisini “tarbiyali” ekanligini, u bilan “muloqot qilish qulay” ekanligini aytdi.
Izoh (0)