Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati, Priozyorsk shahrida joylashgan Rossiya jangovar qismi harbiy xizmatchisi baliq ovi chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat favqulodda xizmatlari ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Xabarnomada aytilishicha, 11-noyabr tunida Priozyorsk shahridan 150 kilometr narida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilgan. Olti qutqaruvchi, mahalliy aholi vakillaridan besh ko‘ngilli, jangovar qismning 15 xizmatchisi ikki Rossiya fuqarosini qidirish ishlarini olib bordi. 1981 va 1985-yillarda tug‘ilgan fuqarolar baliq oviga ketib, qaytib kelmagan edi.
Bedarak yo‘qolganlarning ikkisi ham Rossiya harbiy xizmatchilari edi. Ulardan birining tanasi mahalliy aholi vakillari tomonidan topildi. Ikkinchi harbiyni qidirish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)