Janubiy Koreya sudi mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Kim Kvan Chjinni hibsga oldi. Bu haqda Yonhap agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Sobiq vazir Janubiy Koreyaning avvalgi prezidenti — Li Myon Bak boshqaruvi davri (2008—2013-yillar)da o‘z vakolatini suiiste’mol qilishda hamda harbiy jinoyat kodeksiga siyosiy aralashuvga yo‘l qo‘yib berganlikda ayblanmoqda.
Shuningdek, Kim Kvan Chjin va uning o‘rinbosari ofitserlardan sobiq prezident rejimini internet orqali targ‘ib qilishda foydalanganlikda ham ayblanmoqda.