Rossiya va Argentina milliy terma jamoalari Moskva shahrida xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bellashuv argentinalik futbolchilarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
O‘yindagi yagona gol 86-daqiqada “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero tomonidan urildi. Bu gol ofsayddan keyin yuzaga kelganini takroriy lavhalar ko‘rsatib berdi.
Messi hujum boshlab, o‘ng qanotda turgan Pavonga to‘pni yetkazib berdi. Hujum tez rivojlangani uchun, qanot hakami Pavon voqealar rivojidan ilgarilab ketganini sezmadi. O‘z navbatida Pavonning pasidan keyin Aguero uchrashuvda yagona bo‘lib qolgan golni kiritdi.
14-noyabr kuni Rossiya termasi Ispaniya bilan raqobat olib boradi. FIFA kunlarining oktabrdagisida JCh—2018 mezboni Rossiya Janubiy Koreya ustidan 4:2 hisobida zafar quchgan, Eronni esa yenga olmagandi — 1:1.
O‘rtoqlik o‘yini “Lujniki”. Moskva 11-noyabr, shanba
Rossiya — Argentina 0:1
Gol: Serxio Aguero, 86 (0:1).Rossiya: Igor Akinfeyev — Viktor Vasin, Fyodor Kudryashov, Mario Fernandes (Igor Smolnikov, 46), Georgiy Jikiya, Daler Kuzyayev (Aleksandr Yeroxin, 69), Konstantin Raush (Anton Zabolotniy, 88), Denis Glushakov, Dmitriy Poloz (Alan Dzagoyev, 46), Fyodor Smolov, Aleksandr Kokorin (Aleksey Miranchuk, 82).
Argentina: Serxio Romero — Xavyer Maskerano, Xerman Petssela, Nikolas Otamendi, Matias Kranevitter, Entso Peres (Ever Banega, 90), Eduardo Salvio (Kristian Pavon, 78), Jovani Lo Chelso (Alexandro Gomes, 59), Anhel Di Mariya (Diyego Perotti, 75), Serxio Aguero (Paulo Dibala, 87), Lionel Messi.
Izoh (0)