10-noyabr kuni Samarqand shahridagi “Forumlar majmuasi” kompleksida tashqi ishlar vazirlarining “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” formatidagi navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda tashqi ishlar vazirlari — Qayrat Abdrahmonov (Qozog‘iston), Erlan Abdildayev (Qirg‘iziston), Sirojidin Aslov (Tojikiston), Rashid Meredov (Turkmaniston), Abdulaziz Komilov (O‘zbekiston), shuningdek, Yevroittifoq oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini, Yevroittifoqning xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha komissari Neven Mimitsa ishtirok etdi.
13-marotaba o‘tkazilayotgan uchrashuv doirasida hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu formatdagi munosabatlarga, mintaqaning iqtisodiy rivojlanish istiqbollari, xavfsizlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra “Yevroittifoq va Markaziy Osiyo: xavfsiz va muvaffaqiyat kelajak yo‘lidagi ish” qo‘shma kommyunikesi qabul qilindi.
Keyingi uchrashuv 2018-yili Bryusselda o‘tkaziladi.
Federika Mogerini va Abdulaziz Komilov uchrashuvdan so‘ng OAV vakillari uchun brifing o‘tkazdi.
Izoh (0)