AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Butunjahon savdo tashkiloti (BST) doirasidagi mavjud munosabatlar Vashington manfaatlariga zid keladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“BST bizga adolatsiz munosabatda bo‘lmoqda”, — dedi u Osiyo – Tinch okeani iqtisodiy sammitidagi chiqishida.
Tramp AQSh “muttasil savdo suiiste’moli”ga ortiq chidamasligini hamda adolatli va o‘zaro teng savdo siyosati prinsiplarini talab qiladi. Uning fikricha, oldin savdo adolatsiz prinsiplarga asoslangan va bu AQShga ziyon keltirgan.
“Biz ortiq bunga yo‘l qo‘ymaymiz”, — deb va’da berdi Oq Uy xo‘jayini.
Izoh (0)