Germaniyaning Quyi Saksoniya yeri huquq-tartibot organlari xodimlari sobiq tibbiy birodar, ayni paytda qamoqda umrbod jazo muddatini o‘tayotgan Nils Xyogel 106 kishini o‘ldirganini taxmin qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldin u 84 bemorni o‘ldirishda gumonlanayotgan edi. Yangi keltirilgan miqdor oldingidan 16 kishiga ko‘proq.
Oldingi holatlardagi kabi, Xyogel bemorlarda yurak yoki qon aylanish tizimida asoratlarni keltirib chiqaradigan dori vositalaridan foydalanganlikda gumonlanmoqda. Shundan so‘ng u hamkasblarining hurmatiga loyiq bo‘lish uchun bemorlarni davolagan, biroq doim ham ularning hayotini saqlab qola olmagan.
Politsiya yangi tibbiyot tekshiruvi doirasida uch yil ichida yuzdan ortiq tibbiy varaqalarni o‘rganib chiqdi va ekspertiza uchun yuzdan ortiq eksgumatsiyalarni amalga oshirdi.
40 yoshli Xyogel shundoq ham umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda. U olti jinoyatda, jumladan, ikki nafar bemorni o‘ldirishda aybdor deb topilgan. Tergovlar davomida u yana o‘nlab qotilliklarni amalga oshirganini tan oldi.
Izoh (0)