Qozog‘istonda jurnalistlarning savollariga javob bermaydigan amaldorlarning reytingi tushadi, bu esa ularning maoshida aks etadi. Bu haqda axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Uning tushuntirishicha, davlat xizmatchilarining maoshi ularning faoliyati samaradorligiga bog‘lanadi va bonus-ball tizimida baholab boriladi.
“Ya’ni, agar u savolga javob bermasa, uning reytingi tushadi, u kamroq maosh oladi”, — dedi vazir.
Abayevning qo‘shimcha qilishicha, OAV ko‘pincha amaldorlar savollardan qochishi yoki rasmiyatchilik ruhidagi javob bilan qutulib qolishidan noliydi. Uch kun ichida davlat organi har doim ham masalani to‘liq o‘rganishga ulgurmaydi, ammo ba’zan amaldorlar jurnalistlar bilan muloqot qilishdan qochishi ham kuzatiladi.
Izoh (0)