Saudiyalik shahzoda, mamlakatning eng boy insonlaridan bir al-Valid bin Talal bin Abdulaziz as-Saudning boyligi oxirgi 48 soat ichida milliard dollarga kamayib ketdi va 17,8 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
U hibsga olingani davlati qisqarishiga sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Muqaddam Saudiya Arabistonida 11 nafar shahzoda va to‘rt vazir hibsga olingan edi. Korrupsiyada ayblanib ushlanganlar orasida al-Valid ham bor edi.
Shundan so‘ng unga tegishli Kingdom Holding investitsion kompaniyasi aksiyalari kotirovkasi tushib ketdi. Oxirgi sotuvlarda aksiyalar qiymati 2011-yil dekabridan buyon eng past darajaga tushdi.
Shuningdek, al-Validning Four Seasons, CitiGroup, Twitter, 21st Century Fox, Disney va boshqa kompaniyalarda ulushi bor. Shuningdek, u Parijdagi George V, Nyu-Yorkdagi Plaza mehmonalariga egalik qiladi.
Izoh (0)