AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiylari oxirgi ikki kun ichida IShID guruhiga berilayotgan zarbalar shiddatini oshirganini aytib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Twitter’dagi sahifasi orqali davlat rahbari terrorchilar Nyu-Yorkda uyushtirilgan hujum uchun og‘ir badal to‘lashini va’da qildi.
“Bizning harbiylarimiz oxirgi ikki kunda IShID bo‘yicha zarbalarni sezilarli darajada kuchaytirdi. Terrorchilar bizga qilingan har bir hujum uchun og‘ir badal to‘laydi”, — deb yozdi Oq Uy rahbari.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)