Rossiya hududidan uchib chiqqan oltita Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti Suriyaning Dayr az-Zavr viloyati Abu Kamol shahrida terrorchilarning obyektlariga zarbalar berdi. Bu haqda, Rossiya mudofaa vazirligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, bombardimonchi Eron va Iroq hududidan uchib o‘tgan.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, nishon sifatida jangarilarning tayan punktlari va qurol-yarog‘ omborlari ko‘rsatilgan. Zarbalar mo‘ljalga tekkani obyektiv nazorat vositalari bilan tasdiqlangan.
Izoh (0)