Ukrainada ichki ishlar vaziri Arsen Avakovning o‘g‘li Aleksandr hibsga olindi. U IIV uchun ryukzaklar sotib olishda davlat mablag‘ini talon-toroj qilish ishi bo‘yicha gumondor hisoblanmoqda, deb xabar beradi Meduza.
Aleksandr Avakov va ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Sergey Chebotar Ukraina aksilkorrupsiya byurosi tomonidan o‘tkazilgan tintuvlardan so‘ng qo‘lga olindi.
Byuroga ko‘ra, 2015-yili IIV oshirib ko‘rsatilgan baho bo‘yicha ryukzaklar partiyasini xarid qilgan.
Davlatga keltirilgan zarar 14 million grivnaga baholanmoqda.
O‘z navbatida, IIV aksilkorrupsiya byurosini vazirlikni diskreditatsiya qilishda ayblamoqda.
Izoh (0)