Suriya hukumat qo‘shinlari 31-oktabr kuni Dayr az-Zavr shahrining uch tumanidan IShID jangarilarini siqib chiqardi. Ar-Rassafa, Qanamat va Matar al-Qadim tumanlari ozod qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Ayni paytda armiya shaharning al-Hamidiya tumanida tozalash ishlarini davom ettirmoqda. Al-Hamidiya jangarilar qo‘lida qolayotgan eng yirik tumandir. Ta’kidlanishicha, terrorchilar Frot daryosi bo‘yiga siqib chiqarilmoqda.
Hozir hukumat kuchlari Dayr az-Zavr hududining 92 foizini nazoratda tutib turibdi. Jangarilarning oxirgi tayanch nuqtalari al-Aradi, Shayx Yosin va Xasarat tumanlarida qolmoqda.
Shuningdek, oxirgi sutka mobaynida 50 dan ortiq terrorchilar yo‘q qilingani xabar qilindi. Armiya va ko‘ngillilardan 23 kishi qurbon bo‘ldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)