G‘arb nashrlari ekspertlari iPhone X’ni Apple tarixidagi eng yaxshi smartfon deb baholamoqda. Tanqidchilarning fikriga ko‘ra, bu gadjetda deyarli hamma narsa ideal darajada, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
The Verge mutaxassislari gadjetga juda yuqori baho berdi, ayniqsa uning dizayni va OLED-ekrani e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ular aytgan kamchiliklar qatorida dasturlar ekran o‘lchamiga yaxshi tushmasligi bor.
FaceID borasida ko‘plar yorqin Quyosh nurlari yoki yoritgich ostida bu funksiya ishlamay qolishini ta’kidladi.
Wired nashri eksperti smartfonning tashqi ko‘rinishi va ixcham o‘lchamlarini qayd qilib o‘tdi.
Digital Trends tanqidchilari flagman joriy yilda xarid qilish uchun eng yaxshi iPhone bo‘lganini aytib o‘tdi.
Izoh (0)