Afg‘oniston poytaxti Kobulning Vazir Akbarxon tumanida xudkush tomonidan portlash amalga oshirildi. Bu haqda, Tolo News agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan, 21 kishi yaralangan. Jabrlanganlarning ko‘pchiligi davlat xizmatchilaridir.
Diplomatik korpuslar joylashgan tumanda uyushtirilgan hujumni 13 o‘smir xudkush ijro etgani xabar qilinmoqda.
IShID terrorchi guruhi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)