Germaniya, Polsha va Chexiyada yetti kishi dovul qurboni bo‘ldi. Ularning aksariyati shamol tufayli qulagan daraxtlar yoki inshootlar ostida qolib ketdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Aytilishicha, Germaniyada tabiiy ofat oqibatida uch kishi, Polshada ikki kishi, Chexiyada ham ikki kishi halok bo‘lgan.
To‘fon shamoli oqibatida Chexiya, Avstriya hamda qo‘shni mamlakatlardagi yuz minglab uylar elektr ta’minotidan uzilib qolgan.
Ilgariroq “Gervart” dovuli Bremen aeroportining qo‘nish yo‘lagidagi samolyotni uchirib yuborgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)