The Weinstein Company’ning prodyuser Xarvi Vaynshteynning axloqsizlikda ayblanishi bilan bog‘liq mojarodan keying ilk filmi bor-yo‘g‘i 742 dollar daromad keltirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Xabarda qayd etilishicha, Vaynshteynning obro‘sizlanishi uning biznesiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘tgan hafta yakunlariga ko‘ra, ming dollardan kamroq daromad keltirgan film “Amitivill dahshati: Uyg‘onish” deb nomlanadi. Kartinada bosh rollarni Bella Torn va Jennifer Jeyson Li ijro etgan.
Film o‘nta kinoteatrda namoyish etilgan. Shu bilan birga, kartina kinoteatrlarda namoyish etilishiga ikki hafta qolganida uni Google Play xizmatida bepul ko‘rish imkoniyati paydo bo‘lgan.
Shunisi aniqki, film premyerasi bir necha marta qoldirilgan va Xarvi Vaynshteyn atrofidagi mojarolar filmning kam daromad keltirishi bilan bog‘liqligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasdiqlash mushkul.
Izoh (0)