Ikki haftacha muqaddam e’tiroz ramzi sifatida o‘zini yoqib yuborgan polshalik faol shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 54 yoshli Petr S. Ismli fuqaro 19-oktabr kuni Varshavada madaniyat va fan saroyi binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘ygan. U og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, ammo u yerda o‘ziga kelmay vafot etgan.
O‘zini yoqishdan oldin faol varaqalar sochgan va “E’tiroz bildiraman” deb xitob qilgan.
“Erkinlikni har narsadan ko‘proq yaxshi ko‘raman, shu bois o‘zimni qurbon qilish qaroriga keldim, o‘limim ko‘pchilikning ongiga turtki bo‘ladi degan umiddaman”, — deb yozilgan uning varaqalarida.
Matnda u, shuningdek, hukumatni konstitutsiya va fuqarolar huquqlarini buzishda ayblagan.
Izoh (0)